Tez-tez so'raladigan savollar
Flints haqida eng ko'p beriladigan savollar va javoblar.
Flints bepulmi?#
Ha, Flints'dan foydalanish bepul.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?#
Eslatmalaringiz sizning hisobingizga bog'langan va faqat siz ko'ra olasiz — agar o'zingiz ulashmasangiz. Batafsil maxfiylik siyosatida.
Internetsiz ishlaydimi?#
Yo'q, hozircha Flints internet aloqasini talab qiladi.
Telefonda ishlaydimi?#
Ha, Flints brauzerda ishlaydi va telefon ekraniga moslashadi. Lekin sudrab ko'chirish kabi ba'zi imkoniyatlar kompyuterda qulayroq.
Obsidian'dan ko'chirib o'tsam bo'ladimi?#
Wikilinklar bir xil [[format]]da bo'lgani uchun Markdown fayllaringiz mos
keladi. Hozircha vault'ni to'g'ridan-to'g'ri import qilish yo'q, lekin
eslatmalarni birma-bir ko'chirib joylashtirish mumkin — Markdown matn
avtomatik bloklarga aylanadi.
Teskari yo'nalish osonroq: eksport orqali .md
fayllarni olib, Obsidian vault'iga qo'yish kifoya.
Nechta eslatma yarata olaman?#
Cheklov yo'q.
Eslatmani boshqa odam bilan birga tahrirlash mumkinmi?#
Hozircha yo'q. Ulashilgan havolalar faqat o'qish uchun. Real vaqtda birgalikda tahrirlash rejalarimizda bor.
Nega ba'zi imkoniyatlar "Tez orada" deb turibdi?#
Slash menyudagi ma'lumotlar bazasi, doska, kalendar va diagramma bloklari ustida ish olib borilmoqda. Tayyor bo'lganda Telegram kanalimizda e'lon qilamiz.
Taklif yoki xato haqida qanday xabar beraman?#
Telegram guruhimizga yozing — o'qiymiz va javob beramiz.